22 ноября, 2026

Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 12-oktabrdagi 05-28/29148-son xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 16-oktabr kuni O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i K.M. Abdivoxidov, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari hamda talabalar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini yanada oshirish, ona tilimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tibbiyot sohasida tibbiy atamalarni o‘zbek tilida to‘g‘ri qo‘llash, hujjatlarni davlat tilida savodli yuritish hamda adabiy til me’yorlariga rioya etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Mazkur yo‘nalishlar Vazirlik topshirig‘ida ham alohida belgilangan.

Tadbir yoshlarning ona tilimizga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamlash, davlat tilining nufuzini oshirish hamda sog‘liqni saqlash tizimida o‘zbek tilidan to‘g‘ri va samarali foydalanishni targ‘ib etishga xizmat qildi.

Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi
Axborot xizmati

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *