22 ноября, 2026

Ba’zi xususiy yoki davlat tibbiyot muassasalarida klinik protokollardan chetga chiqib, qo’shimcha tekshiruvlar o’tkazish, ortiqcha tibbiy tahlil va zarur bo’lmagan dori vositalari yoki biologik faol qo’shimchalarni buyurish holatlari uchrayotgani sir emas.
Shunday holatlarning oldini olish maqsadida Sog’liqni saqlash vazirligi va Raqobat qo’mitasi o’rtasida memorandum imzolandi.

Unga ko’ra, vazirlikning Komplaens-nazorat boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan vazirlik klinik protokollariga amal qilinganligi yoki chetga chiqilganligi hamda sohada turli yo’nalishda korruptsiyaviy holatlar yuzasidan tegishli xulosalar beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 22 oktyabrdagi 667-son qarori asosida tasdiqlangan tegishli nizomga muvofiq, dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayinlash, realizatsiya qilish hamda tibbiy xizmat ko’rsatish faoliyatini nazorat qilishda «Sirli mijoz» tadbirlarini o’tkazish belgilangan.

Bunday tadbirlar faqatgina audio yoki videokuzatuv moslamalaridan yashirin foydalanilgan holda uyushtiriladi.

Ayni paytda barcha tibbiyot tashkilotlarida “Sirli mijoz” tadbirlariga start berilganligi ma’lum qilinadi.

———
Tibbiyot muassasalarida korrupsiyaga duch kelsangiz Sog’liqni saqlash vazirligining “Call-markazi” – 1203 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *