
Aslida, kamchilik va xatolarni bugun — rahbarligingiz davrida to’g’irlash kerak. Ertaga esa muammoga o’zingiz duch kelganingizda emas.
🇺🇿 Qariyb 5 yil davomida jazoni ijro etish tizimini boshqargan rahbarning o’zi hozirda qamoqda ekani aytilmoqda.
U rahbarlik qilgan davrda jazoni ijro etish tizimi deyarli isloh qilinmadi, xalqaro standartlarga moslashtirilmadi, mahkumlarning qonuniy huquqlarini poymol qilish holatlariga chek qo’yilmadi.
Endi esa, panjaraning orqa tarafida turib, o’zining ta’biri bilan aytganda, “chirib ketgan tizimi” qurboniga aylanmoqda.
O’zi tizimda amalga oshirishi vijdoniy burchi hisoblangan islohotlarni bajarmaganini tushunib yetganiga ishonchim komil.
Afsuski, “ichkari”da o’tirib, biror narsani yaxshilashga va o’zgartirishga endi kech! Bunga uning na imkoniyati, na vakolati bor!
Do’stim, bu holatdan xulosa sifatida alohida kitob yozish mumkin.
Lekin, men qanday xulosa chiqarishni o’zingga havola qilaman! Ertaga kech bo’lmasidan ko’zingni och.
———
Tibbiyot muassasalarida korrupsiyaga duch kelsangiz Sog’liqni saqlash vazirligining “Call-markazi” – 1203 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.