
- Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanishi va Kengashning rahbar organlari qonun darajasida belgilandi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlarning maqomi va vazifalari alohida moddada aniq aks ettirildi;
— Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga qo‘shimcha tarzda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha 8 ta yangi vazifa yuklatildi.
Qonunda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vazifalari va huquqlari, shuningdek, xavfsizlik kafolatlari mustahkamlandi.
Unga ko’ra, komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlari davlat himoyasida bo‘ladi, ularga nisbatan tergov va protsessual harakatlar Bosh prokurorning ruxsati bilan yoki uni xabardor etgan holda amalga oshiriladi.
Qonunga muvofiq, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi.
Elektron reestrga kiritilgan shaxslarga davlat xizmatiga kirish, saylanadigan tayinlanadigan lavozimlarga nomzodini ko‘rsatish, davlat xaridlari va DXSH bitimlarida ishtirokchi sifatida qatnashish taqiqlanadi.
O‘z mehnat faoliyatini olib borayotgan tashkilotda korrupsiyaga oid jinoyat to‘g‘risida xabar bergan shaxslarga nisbatan Agentlikni xabardor qilmasdan 2 yil davomida intizomiy jazo qo‘llash mumkin emas.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.