22 ноября, 2026

Bugun Termiz şahridagi “Versal” tantanalar saroyida Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri kötarinki ruhda ötkazildi.

Tantanali tadbirda viloyatimiz soğliqni saqlaş tizimida fidokorona mehnat qilib kelayotgan tibbiyot va farmatsevtika sohasi vakillarining aholi salomatligini asraş, tibbiy xizmat sifatini oşiriş hamda inson hayotini muhofaza qiliş yölidagi xizmatlari eʼtirof etildi.

Bayram tadbiri davomida tibbiyot xodimlariga samimiy tilaklar bildirilib, ularning şarafli va masʼuliyatli faoliyatiga yuksak ehtirom körsatildi.

Diltortar kuy-qöşiqlar, bayramona çiqişlar va samimiy tabriklar tadbirga özgaça fayz bağişlab, barçaga kötarinki kayfiyat ulaşdi.

Aziz tibbiyot va farmatsevtika xodimlari! Kasb bayramingiz muborak bölsin!

Surxondaryo viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi
Axborot xizmati

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *