
Boshqaruv samaradorligi agentligining Surxondaryo viloyati filiali mas’ullari tomonidan Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasida tizimda faoliyat yuritayotgan tashkiliy kadrlar va inson resurslarini rivojlantirish yo‘nalishi mutaxassislari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqot davomida davlat tashkilotlarida boshqaruv samaradorligini oshirish, inson resurslarini samarali boshqarish, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini amaliyotga joriy etish hamda kadrlar salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi PF–95-son Farmonining 6-ilovasida belgilangan “Davlat fuqarolik lavozimini egallash uchun tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning mazmun-mohiyati ham seminar ishtirokchilariga batafsil tushuntirib o‘tildi. Unda davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish jarayonlarining ochiqligi, shaffofligi va adolatliligini ta’minlash masalalariga alohida urg‘u berildi.
Bundan tashqari, muloqot davomida «Vijdon saratoni», “Xalq xizmatchisi” ijtimoiy roligi namoyish etilib, unda davlat xizmatchilarining mas’uliyati, fidoyiligi, xalq manfaatlariga xizmat qilish tamoyillari hamda kasbiy etikaga rioya etishning ahamiyati keng yoritildi.

Ochiq muloqot yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berilib, tizimda samarali faoliyat yuritish bo‘yicha fikr almashildi.