22 ноября, 2026

«Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to’g’risida»gi Prezident qarori (PQ–196-son, 21.05.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko’ra, muborak Qurbon hayiti munosabati bilan quyidagi toifadagi bemorlarning tibbiy tekshiruvdan o’tish, jarrohlik amaliyoti va davolash xarajatlarini qoplab beriladi:

og’ir va nogironlikni keltirib chiqaruvchi kasalliklarga chalingan 10 ming nafar bolalarda jarrohlik amaliyotini o’tkazish;

2,3 ming nafar onkologik, gemotologik va onkogematologik tashxis qo’yilgan bemorlarni tibbiy tekshiruvdan o’tkazish, ularni davolash va jarrohlik amaliyotini o’tkazish;
kamida 350 nafar bemorlarda jigar va buyrak transplantatsiyasi amaliyotini o’tkazish.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj quyidagi bolalarning omonat hisobvaraqlariga 200 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti o’tkaziladi:
yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar (vasiylik, homiylik va patronatdagi bolalar);

Mehribonlik uylari, oilaviy bolalar uylari, kichik hajmli bolalar uylari hamda “SOS” bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari;

Vatan sarhadlarini himoya qilish yo’lida qurbon bo’lgan ota-onalarning farzandlari;

“Taskin Children’s Hospice” bolalar onkologik shifoxonasida davolanayotgan bolalar. Shuningdek, 500 ta masjidda aholi uchun qulay sharoitlar yaratiladi, ta’mirlanadi hamda joylardagi qabristonlar obod qilinadi. Muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish va mehr-saxovat tadbirlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish bo’yicha hududiy kengashlar tashkil etiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *