Prezidentimizning “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida ham ezgu va xayrli ishlar izchil davom ettirilmoqda.


Davlatimiz rahbarining tashabbus va topshiriqlariga muvofiq, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda turli kasalliklarga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sog‘lig‘ini tiklash va hayotga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🌙Shu asosda, jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo‘lgan bolalarning davolanish xarajatlari “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan qoplab berilishi belgilandi. Sherobod tumanida ham ushbu xayrli tashabbus doirasida bir qator oilalarga maxsus vaucherlar topshirildi.



Xususan, beg‘ubor va hali hayotning shirin onlarini endigina anglayotgan go‘daklar — Fotima va Zuhra uchun ko‘z jarrohlik amaliyoti zarur edi. Ularning dunyoni yorug‘ holda ko‘rishi, bolalarcha orzular bilan yashashi va tengdoshlari qatorida baxtli ulg‘ayishi uchun muhim bo‘lgan ushbu amaliyot endilikda amalga oshirilish arafasida turibdi.
🌙Bunday ezgu ishlar xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik va saxovat fazilatlarining yana bir yorqin ifodasi bo‘lib, ehtiyojmand oilalarga katta umid va quvonch ulashmoqda.
🌙Qurbon hayiti arafasida amalga oshirilayotgan bu kabi xayrli tashabbuslar jamiyatda mehr-muruvvat muhitini yanada mustahkamlab, inson qadri ulug‘lanayotganining amaliy ifodasi bo‘lmoqda.