Joriy yilning 1-iyunidan 30-iyuniga qadar Surxondaryo viloyatida “Salomatlik marafoni” tadbiri o‘tkaziladi.
Mazkur tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida viloyat bo‘ylab birlamchi tizim shifokorlari, hamshiralari hamda hamshira-volontyorlar uchun workshop formatidagi amaliy trening-seminarlar tashkil etilmoqda.



Treninglar davomida ishtirokchilarga kasalliklarni erta aniqlash, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zarur tavsiya va amaliy ko‘rsatmalar berilmoqda.
Shuningdek, Tibbiyot akademiyasi zalida trener-mutaxassislar tomonidan hamshira-volontyorlar uchun targ‘ibot va tibbiy ko‘rik ishlariga oid tushuntirishlar o‘tkazildi.



Eslatma: Barcha yurtdoshlarimizni 1–30-iyun kunlari o‘tkaziladigan “Salomatlik marafoni” tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz. O‘z sog‘ligingizga befarq bo‘lmang, salomatlik — eng katta boylik!
Sahifalarimizga obuna bo’ling❗️