22 ноября, 2026

“Elektron retsept” DMED tizimidagi asosiy modullardan biri bo‘lib, aholi va tibbiyot xodimlari uchun ko‘plab qulayliklar yaratayotganligi bilan e’tiborga molik.
 
🗓 Joriy etish muddatlari:
 
📍 2025-yil 10-dekabrdan Toshkent shahri hamda tajriba-sinov tariqasida belgilangan 15 ta tuman (shahar)da amaliyotga kiritildi.
 
📍 2027-yil 1-yanvardan yurtimizning qolgan hududlarida ham to‘liq joriy etiladi.
 
⚙️ Ishlash tartibi:
 
👨‍💻 Shifokor bemor uchun “Elektron retsept” moduli orqali QR-kodli elektron retseptni shakllantiradi va u avtomatik tarzda dorixonalrning axborot tizimiga uzatiladi.
 
❌ Elektron retseptni soxtalashtirib bo‘lmaydi. Chunki, shifokor, klinika va dorixona ma’lumotlari avtomatik tarzda qayd etib boriladi.
 
😀 “Elektron retsept” moduli hozirga qadar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi axborot tizimi hamda Soliq qo‘mitasi Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi bilan integratsiya qilindi.
 
💻 Shuningdek, ushbu modul dorixonalardagi 40 ga yaqin axborot tizimlari bilan integratsiyalashtirildi.
 
💊 Natijada bugun yurtimizdagi 11 mingdan ziyod dorixonalar “Elektron retsept” tizimi asosida faoliyat olib bormoqda.
 
❓Bu nima berdi?
 
💊 Dori vositalarini tayinlash tizimli nazoratga olindi.
 
❌ Antibiotiklarni ko‘rsatmasiz sotish barham topyapti.

‼️Umuman, bu modul tufayli qog‘oz shaklidagi retsept, shifokor qabuliga uzundan uzoq navbat va ortiqcha byurokratik to‘siqlar hamda boshqa noxush holatlar tarixga aylanmoqda.
 
🚑  SSV Matbuot xizmati.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *