O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025-yil 26-sentabrdagi 02-2076-son topshirig‘iga asosan, 2026-yil 1–30-iyun kunlari Surxondaryo viloyatida “Salomatlik marafoni” ommaviy tadbirlari o‘tkaziladi.

Mazkur tadbirlar aholining salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ommaviy sportni rivojlantirish, fuqarolarning jismoniy faolligini oshirish hamda profilaktik tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytirishga qaratilgan. “Salomatlik marafoni” doirasida viloyatimizda keng ko‘lamli sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari, ommaviy yurish marafonlari, tibbiy ko‘riklar, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar hamda targ‘ibot aksiyalari tashkil etiladi. Shuningdek, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, joylarda “Tibbiyot nuqtalari” faoliyati yo‘lga qo‘yilib, malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladi.
Mazkur tibbiyot nuqtalarida aholiga malakali mutaxassislar tomonidan bepul va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etiladi.
“Salomatlik marafoni” doirasida tashkil etiladigan tibbiy koʻriklarda Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlaridan tashrif buyuradigan malakali mutaxassislar hamda viloyatimizdagi yetakchi shifokorlar tomonidan aholiga bepul va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladi.
Jumladan, ultratovush tekshiruvi (UTT), elektrokardiografiya (EKG), shuningdek, jarroh, travmatolog, otorinolaringolog, urolog, oftalmolog, kardiolog, endokrinolog, nevrolog, gastroenterolog, terapevt, dermatovenerolog, onkolog, ftiziatr, bolalar jarrohi, psixonevrolog, bolalar kardiologi, pediatr, infeksionist hamda boshqa tor yo‘nalishdagi mutaxassislar tomonidan tibbiy ko‘riklar, maslahatlar va zarur tavsiyalar beriladi.
Shuningdek, fuqarolarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Fuqarolarga sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, kasalliklarning oldini olish va jismoniy faollikni oshirish bo‘yicha tibbiy tavsiyalar beriladi.
“Salomatlik marafoni” doirasida Termiz shahridagi Surxon arena sport majmuasida “Tibbiyot nuqtalari” tashkil etilib, aholiga bepul va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik xizmatlari ko‘rsatiladi.”
Barcha yurtdoshlarimizni “Salomatlik marafoni” tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Sog‘lom turmush tarzi — inson salomatligi, oila farovonligi va jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir.
Barchangizni “Salomatlik marafoni” tadbirlarida kutib qolamiz!