22 ноября, 2026

Mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, muntazam piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklari, semizlik va boshqa ko‘plab xastaliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Shu bois “Salomatlik marafoni” doirasidagi 5000 qadam yurish tadbiri sog‘lom hayot sari muhim tashabbus hisoblanadi.

Bugun erta tongdan Termiz shahrida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda ommaviy sport harakatlarini yanada rivojlantirish maqsadida “Salomatlik marafoni” ommaviy sport tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

Minglab fuqarolar «Salomatlik sari besh ming qadam» yurish marafonida jam boʻldi

Bugun erta tongdan Termiz shahrida “Salomatlik marafoni – 2026” doirasidagi “Salomatlik sari besh ming qadam” ommaviy yurish marafoni boshlandi.

Tadbirda yoshlar, nuroniylar, sportsevar fuqarolar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etmoqda.

Marafon sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilar ko‘tarinki kayfiyatda yurishda qatnashmoqda.

“Salomatlik marafoni” doirasida Termiz shahridagi Surxon arena sport majmuasida “Tibbiyot nuqtalari” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Oybek Ashurov, Surxondaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i Komil Abdivoxidov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Salomatligingizga befarq bo‘lmang!

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *