22 ноября, 2026

1-iyun kuni Boysun tumanida “Salomatlik marafoni” shiori ostida ommaviy yurish marafoni yuqori saviyada tashkil etildi.

➕ Mazkur tadbir Boysun tuman tibbiyot birlashmasi tashabbusi hamda hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va salomatlikni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

Marafon davomida ishtirokchilar belgilangan yo‘nalish bo‘ylab 5000 qadamlik ommaviy yurishda faol qatnashib, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, muntazam jismoniy faollikning inson salomatligiga ijobiy ta’siri yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

“Salomatlik sari besh ming qadam” ommaviy yurish marafoni ko‘tarinki ruhda o‘tib, aholi o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, sport va jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *