

“Salomatlik marafoni” doirasida Surxon Arena majmuasida tashkil etilgan salomatlik nuqtalarida aholi uchun bepul va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazilmoqda.
Tibbiy ko‘riklar davomida viloyatimizning yetakchi malakali shifokorlari tomonidan fuqarolarga sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Jumladan, ultratovush tekshiruvi (UTT), elektrokardiografiya (EKG) hamda boshqa zamonaviy diagnostik tekshiruvlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, jarroh, travmatolog, otorinolaringolog, urolog, oftalmolog, kardiolog, endokrinolog, nevrolog, gastroenterolog, terapevt, dermatovenerolog, onkolog, ftiziatr, bolalar jarrohi, psixonevrolog, bolalar kardiologi, pediatr, infeksionist va boshqa tor yo‘nalishdagi mutaxassislar tomonidan tibbiy ko‘riklar o‘tkazilib, zarur tavsiya va maslahatlar berilmoqda.


Tadbir hududida ko‘chma mammografiya majmuasi, O‘pka salomatligi mobil kompleksi hamda boshqa zamonaviy mobil tibbiy diagnostika komplekslari faoliyat yuritib, aholiga qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
Mazkur tadbir aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.
Manzil: Surxon Arena majmuasi
🩺 Tibbiy ko‘riklar barcha fuqarolar uchun bepul.