

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini muhofaza qilish hamda jamiyatda mehr-oqibat va insonparvarlik muhitini yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan an’anaviy tarzda “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasi tashkil etib kelinmoqda.
Mazkur ezgu tashabbus doirasida bugun Qumqo‘rg‘on tumani Tibbiyot birlashmasida ham beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazilmoqda. Aksiyada tumanimizning ko‘plab fuqarolari, yoshlar va jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, inson hayotini saqlab qolishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Donorlik — bu insonparvarlik, mehr-oqibat va yuksak fuqarolik mas’uliyatining yorqin namunasidir. Ayniqsa, muolajaga muhtoj bolalar uchun topshirilgan har bir tomchi qon ularning hayotini saqlab qolish, sog‘lig‘ini tiklash va kelajakka bo‘lgan umidlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Barcha saxovatpesha yurtdoshlarimizni ushbu xayrli tashabbusda faol ishtirok etishga chorlaymiz. Sizning bir tomchi qoningiz kimningdir hayotini saqlab qolishi, bolajonlarga sog‘lom va baxtli kelajak hadya etishi mumkin.